Sinov yoʻsinida ishlamoqda
Keltursa yuz baloni oʼshal bevafo manga,
Kelsun, agar yuzumni evursam, balo manga.
Netkaymen, ul rafiq bilakim, qilur base –
Mehru vafo – raqibgʼa, javru jafo – manga?
Ne ko‘ray to‘bini qaddi xushxiroming borida?!
Ne qilay sunbulni xatti mushkfoming borida?!
Kim Xizr suyin og‘izlag‘ay labingning qoshida?!
Kim Masih alfozidin degay kaloming borida?!
Chun falak qo‘ymas meni bir lahza vasl ayyomida,
Tong yo‘q, ey bemehr, agar o‘lsam firoqing shomida.
Ey ko‘ngul, yuzin ko‘rub, zulfi parishonin sog‘in,
Shomi hijrondin tavahhum ayla vasl ayyomida.
Yog‘lig‘ingkim, jon bila men xastadurmen, zor anga,
Xasta jonlar rishtasidindur magar har tor anga.
Evrulur boshingg‘au gohi yuzunga yuz qo‘yar,
Bu jihatdin ot emish «gulpech»u gah «gulzor» anga.
To qildi meni firoq aro yod habib,
Mahjur ko‘ngulni ayladi shod habib.
Gar vasl muyassar o‘lmasa, netay, ey Bobur,
Faryod habibu ohu faryod habib!
Bu telba ko‘ngulki, ishq aning sudidur,
Аhbobning ixtiloti maqsudidur.
Hijron chekib, ahbobni har kimki ko‘rar,
Xush davlatiyu tolei mas’udidur.
Eykim, quyosh ul yuzung, hilol ul qoshtur,
Po‘loddur ko‘nglungu bag‘ring toshdur.
Nomamg‘a agar yaxshi javobing yo‘qtur,
So‘kmak bila yod aylasang ham – xushtur.
Bobur, necha bu dahr meni zor aylar?
Sabrimni kamu g‘amimni bisyor aylar.
To dahrdurur, budur aning rasmikim,
Аyrib kishini azizidin, xor aylar.
Vasldin so‘z derga yo‘q yoro manga,
Hajr aro rahm aylagil, yoro, manga.
O‘qung etti ko‘p yomon yoro manga,
Marhami lutfung bila, yoro manga.
Kel, qilay jonni nisoring, o yorim,
Naqdi jonni bormu sendin oyorim?!
Bo‘sa bersang gar tamom og‘zing bila,
Kunji og‘zingdin oloyin oyorim.
Ne balo biyikturur davlat tog‘i,
Ko‘hi g‘amni ne bilur davlat tog‘i.
Himmate tut, dog‘i davlat istagil,
Himmating bo‘lsa, bo‘lur davlat tog‘i.
Ey alarkim, bu Hind kishvaridin
Bordingiz, anglab o‘zga ranju alam.
Kobulu xush havosini sog‘inib,
Hinddin garm bordingiz ul dam.
Vasfida xomlik agar o‘lsa, ne g‘amdurur,
Chun daf’ etar xayoli g‘amu g‘ussani tamom.
Chun yori rozdor qilurman seni xayol,
Asror fosh aylama zinhor, vassalom!
Eyki, targ‘ib qilursen chog‘ir ichmakka meni,
Sozu xonanda bila soqi-yu sahbo bormu?
Bo vujudiki, o‘tubtur chog‘ir ichmak vaqti,
Majlis asbobini, bilmonki, muhayyo bormu?
Yibordi yor manga yodgor deb xatini,
Manga habib kerak, yodgor nega kerak?!
Ne sud ashkdin poy dargillig‘im,
Chu el do‘stlardin ul oy yub emish.
Tutmag‘il, ey gul, ravokim, ishqing ichra bir g‘arib
Yerga bosh qo‘yg‘ay, xazon yafrog‘i yanglig‘ sarg‘arib.
Shahrdin bezor bo‘lsa, ne ajab, bezar kishi,
Ishq aro bemor bo‘lsa, tong emas, bemar g‘arib.
Xayol etsam ul belni, hol eltadur,
Meni beli sori xayol eltadur.
Qadining xayolin ko‘z asrab magar,
Ko‘ngul ravzasig‘a nihol eltadur?
Xulqungni rost qilg‘il har sorig‘aki borsang,
“Ahsanta!” der bori el gar yaxshi ot chiqarsang.
Eshiking ostonig‘a qo‘yubon iki yuzimni,
O‘pay gohi tavoze’ birla, surtay ko‘zumni.
Ko‘ngulg‘a o‘t solur ul gulning iki yuzining oli,
Ichimni kuydurodur ul qaro zulfi olida xoli.
Ishq tavrin istasang, qoshimg‘a beihmol kel!
Ishq aro ozor behad chekmisham, yod ol, kel!
Bezor bo‘ldi ko‘nglum, ozurda qildi chun yor,
Bezor bo‘lg‘ay ondin ozor topsa nochor.
Sig‘mas erdim to‘numg‘a farahdin men hazin,
Bemehr yor qilsa atoe libosdin.
Ko‘ngulni zuhdu taqvo-u vara'din yondurubturmen,
Seni deb yuz yig‘ochdin, ey parivash kelturubturmen.
Chun seni boqmas, ul oyning javrig‘a yuz bag‘lama,
Oy yuzini ko‘rmak istar bo‘lsang, ey ko‘z, yig‘lama.
Holimni sanga aytib, xajr o‘tig‘a o‘rtondim,
Ey yor, yamon qildim, har neki dedim – yondim.
San bo‘sa sening ko‘nglung gar istasa, andoq qil,
Sanbo‘sa kerak bo‘lsa, san bo‘sa inoyat qil.
Ul pariruxsora hargiz notavonliq ko‘rmasun!
Yaxshidur yaxshi kishi, hargiz yomonliq ko‘rmasun!
Sendin ayru naylagaymen ayshu sahbo xushlug‘in,
Kim sening uchun tilarmen barcha dunyo xushlug‘in.
Meni hijronda kuydursang, ko‘ngul sendin sovutmasmen,
Agarchi sen unuttung meni, seni men unutmasmen!
Qovun birla uzumning hajrida ko‘nglumda g‘am har so‘,
Oqar suvning firoqidin ko‘zumdin har dam oqar su(v).
Firoqing o‘lturur oxir meni dilxastani, beshak,
Meni o‘ltur visolingda, ne ya’ni, andak o‘lturmak.
Do‘stluqni gar tilarsen, aylasang isbot kel,
Suhbatingg‘a asru ko‘p mushtoqdurmen, bot kel.
Tishing – dur, labing – marjon,
Xading – gul, xating – rayhon,
Yuzung – xur, soching – anbar,
so‘zing – mul, menging –Mo‘lton,
Tafoxur ko‘zum, ko‘nglum qilurlar, magar, bordur,
Ko‘zunga ko‘ngul vola, yuzunga ko‘zum hayron.
Hayron ko‘zum yuzunga, vola ko‘ngul ko‘zunga,
Bordur, magar, qilurlar ko‘nglum, ko‘zum tafoxur.
Tafakkur necha qilsam, topilmas sening misling,
Paridek seni ko‘rdum – emassen magar inson.
Inson, magar emassen, ko‘rdum seni paridek,
Misling sening topilmas, qilsam necha tafakkur.
Balodur manga hajring, davodur manga vasling,
Itobing – manga ofat, hadising – manga darmon.
Darmon manga – hadising, ofat manga – itobing,
Vasling manga davodur, hajring manga balodur.
Rashbrook William
Sahifa: 182
Chiqqan yili: 2005
Nashriyot: Haji Hanif & Sons Lahore
Abdul Ghani Barzin Mehr
Sahifa: unknown
Chiqqan yili: 2005
Nashriyot: Knowledge Publishing Association
Mohammad Musa Turkestani
Sahifa: unknown
Chiqqan yili: unknown
Nashriyot: Al-Rasheed Press
Syed Mubasher Sulaiman Kasani
Sahifa: unknown
Chiqqan yili: unknown
Nashriyot: unknown
Gholam Sakhi Vakilzade
Sahifa: unknown
Chiqqan yili: 2013
Nashriyot: unknown
“Boburnoma” dagi toponimlar izohli lug‘ati
Omonullo Bo'riyev
Sahifa: 150
Chiqqan yili: 2015
Nashriyot: Navro'z
Saidbek Xasanov, Shokirjon Rustamxo'jayev
Sahifa: unknown
Chiqqan yili: 2010
Nashriyot: Toshkent
Zahir-uddin Muhammad Babur - A numismatic study
Aman ur Rahman
Sahifa: 129
Chiqqan yili: 2005
Nashriyot: Syed Graphics
The Empire of the Great Mughals
Annemarie Schimmel
Sahifa: 345
Chiqqan yili: 2005
Nashriyot: Topical Printing Press
H. M. Elliot and John Dowson
Sahifa: unknown
Chiqqan yili: 2004
Nashriyot: Sang-e-Meel Publications
S. R. Sharma
Sahifa: 644
Chiqqan yili: 1937
Nashriyot: Karnatak publishing house
The Army of the Indian Moghuls
William Irvine
Sahifa: 300
Chiqqan yili: 2012
Nashriyot: Sang-e-Meel Publications
Boburshunoslikning zamonaviy yo‘nalishlari va istiqbollari
“Boburshunoslikning zamonaviy yo‘nalishlari va istiqbollari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari (Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligiga bag‘ishlanadi)
“Boburshunoslikning zamonaviy yo‘nalishlari va istiqbollari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari (Zahiriddin Muh...
Sahifa: 625
Chiqqan yili: 2026
Nashriyot: Farg‘ona
Boburshunoslikning yangi ufqlari: muammo va yechimlar
“Boburshunoslikning yangi ufqlari: muammo va yechimlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligiga bag‘ishlanadi)
“Boburshunoslikning yangi ufqlari: muammo va yechimlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Zahiriddin Muh...
Sahifa: 358
Chiqqan yili: 2025
Nashriyot: Andijon
Интеллектуальное наследие Захириддина Мухаммада Бабура и современность
Сборник статей и тезисов докладов Международной научно-практической конференции. 28 февраля 2020 г. Москва
Сборник статей и тезисов докладов Международной научно-практической конференции. 28 февраля 2020 г. Москва
Sahifa: 653
Chiqqan yili: 2020
Nashriyot: «ПРОБЕЛ-2000»
“Asrlar uzra porlagan siymo” mavzusidagi xalqaro anjuman materiallari. 2023-yil, Andijon.
“Asrlar uzra porlagan siymo” mavzusidagi xalqaro anjuman materiallari. 2023-yil, Andijon.
Sahifa: 352
Chiqqan yili: 2023
Nashriyot: "Andijon nashriyot-matbaa"