Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Muhammad Nodir Samarqandiy

16-a. oxiri – 17-a.– musavvir, yirik portretchi. Asli Samarqandlik, keyinroq Hindistonga borib Jahongir (1605-27) va Shoh Jahon (1627-58) saroyida ijod qilgan. M.N. ijodida O‘rta Osiyo va Hindiston miniatyura maktablari anʼanalari uyg‘unlashgan; portretlarida kishilarning ruhiy holati, ichki olamini yoritishga intilish seziladi. «Savdogarlar Yusufni quduqdan tortib olmoqdalar» (Rossiya milliy kutubxonasida) kabi ko‘p shaklli kompozitsiyalar, Jahongir, Shoh Jahon, shahzoda Doniyol (Britaniya muzeyida) va Xusrav (Luvrda), davlat arboblari Xalilulloxon, Izzatxon, Asafxon o‘g‘li Mirzo, Sher Muhammad (Britaniya muzeyida) portretlarini yaratgan.


O‘zME, T, 2000-2006, t.6. 2003. -704 b. – B. 190. (O‘zbekcha); Муҳаммад Нодир Самарқандий, художник, крупный портретист.

Fikr qoldirish#


O‘qish tavsiya qilinadi
Zahiriddin Muhammad Bobur xorijlik tadqiqotchilar tadqiqotlarida

Zahiriddin Muhammad Bobur dunyoga mashhur yetuk shaxs, buyuk shoh va...


Maqolani baholang
0.0