Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Mir Toqiy Mir Muhammad (1724-1810)

Hind va urdu adabiyotining yirik namoyandasi, shoir. «G‘azal shohi» nomi b-n shuhrat qozongan. Dehli va Laknavda boburiylar xizmatida bo‘lgan. Xalqning qismati, orzu va istaklari, insoniy tuyg‘ulari shoir sheʼrlarining asosiy mavzuidir. 6 g‘azallar devoni, bir qancha qasida, marsiya va 20 dan ortiq masnaviylar yaratgan. «Sevgi alangasi», «Muhabbat dengizi» va «Ajdarnoma» dostonlari uning ijodida alohida o‘rin egal- laydi. «Mir xotiralari» («Zikr-e-Mir») degan biografik asar yozgan, urdu sheʼriyati antologiyasi («Nukot ush-shuaro»)ni tuzgan (ikkisi ham fors tilida). 


 O‘zME, T, 2000-2006, t.5, 2003, 704 b. – B. 690. (O‘zbekcha); Мир Токий Мир Мухаммад.

Fikr qoldirish#


O‘qish tavsiya qilinadi
Zahiriddin Muhammad Bobur xorijlik tadqiqotchilar tadqiqotlarida

Zahiriddin Muhammad Bobur dunyoga mashhur yetuk shaxs, buyuk shoh va...


Maqolani baholang
0.0