Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Mirtojiyev Jaloliddin Tursunovich (1954.15.2, Toshkent)

Haykaltarosh, O‘zbekiston xalq rassomi (2003). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati in-tini tugatgan (1977). M.ning gips, bronzada yaratgan asarlari professional mahorati b-n diqqatga sazovor, asarlaridagi obrazlar yetuk, puxtaligi b-n ajralib turadi. Ilk asarlari «Lola», «Nigora», «Professor Rasulov», «Shum bola» va b. O‘zbekiston mustaqilligi yillarida M. ijodi yuksak pog‘onaga ko‘tarildi: «Bobur»(1993 y., Andijonda), «Abdulla Qodiriy» (1994, Toshkentda), «Abdurauf Fitrat» (1996-97, Buxoroda), «Abdulhamid Cho‘lpon» (1997, Andijon), «Alisher Navoiy» (2001, Moskvada), «Kamoliddin Behzod» (2003, Chanchun sh., Xitoyda), Amir Temur tavalludining 660 y.ligiga bag‘ishlab, «Temur Malik», «Mirzo Ulug‘bek», «Amir Temur», «Chovgon o‘yinida Bobur» va b. asarlarini yaratdi. 


O‘zME, T, 2000-2006, t.6, 2003, 704 b. – B. 10. (O‘zbekcha); Миртожиев Жалолиддин Турсунович, скульптор.

Fikr qoldirish#


O‘qish tavsiya qilinadi
Zahiriddin Muhammad Bobur xorijlik tadqiqotchilar tadqiqotlarida

Zahiriddin Muhammad Bobur dunyoga mashhur yetuk shaxs, buyuk shoh va...


Maqolani baholang
0.0