Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Bayramxon Abdurahim

Bayramxon Abdurahim (1556-1622, Dehli) – shoir, tarjimon. Bayramxon ibn Sayf Alibekning o‘g‘li. Akbar hukmronligi davrida «xonlar xoni» unvoniga sazovor bo‘lgan. B. «Boburnoma»ni forschaga tarjima qilgan. Hindiston tarixiga oid asarlarda «Rahimiy» taxallusi bilan turk, arab, fors, hind va sanskrit tillarida yozgan she’rlari bor. J. Neru B.ga yuksak baho bergan. Tarixchi Abulboqi Nihovandiy B.ga bag‘ishlab «Maosiri Rahimiy»ni yozgan (1927), unda shoirning hayoti, ijodi, o‘sha davrdagi siyosiy va madaniy hayotda tutgan o‘rni haqida ma’lumot bergan.


Ad. Neru Djavaxarlal, Otkritiye Indii, M., 1955.


O‘zME,T,2000-2006,t.1.2000,736b.–B.585.(O‘zbekcha); Байрамхан Абдурахим (1556-1622, Дели) – поэт, переводчик. Сын Байрамхан ибн Сайф Алибека.

Fikr qoldirish#


O‘qish tavsiya qilinadi
Zahiriddin Muhammad Bobur xorijlik tadqiqotchilar tadqiqotlarida

Zahiriddin Muhammad Bobur dunyoga mashhur yetuk shaxs, buyuk shoh va...


Maqolani baholang
0.0