Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Badaxshon

Badaxshon – Amudaryoning yuqori oqimida, daryoning har-ikkala sohilida joylashgan tog‘li o‘lka. B. Pomir tog‘larining bir qismi bo‘lib, 2 o‘lkadan iborat: 1. G‘arbiy Pomirni ishg‘ol qilgan Tog‘li-Badaxshon muxtor viloyati (Tojikiston Respublikasi); 2. Shim.-sharqiy Afg‘onistonni ishg‘ol qilgan katta o‘lka. B. qadimdan savdo markazi bo‘lib, chetga la’l, yoqut va zumrad chiqargan. La’lni badaxsh yoki balaxsh deb yuritganlar. B. toponimi shundan olingan bo‘lishi ehtimol. Mil. av. 2- a.da B. Toharistonga, so‘ng Kushon podsholigita tobe bo‘lgan. 5-6- a.larda eftalitlar, 8- a.da arablar, 12- a.ning 2-yarmida g‘uriylar, 13-a.ning 1-choragidan mo‘g‘ullar qo‘l ostida bo‘lgan. B.da 15-16- a.larda temuriylar hukmronlik qilgan. 1520 y. Bobur B.ni o‘g‘li Humoyunga topshirdi. 1584 y. B.ni Abdullaxon II egallagan. 17-a.da ashtarxoniylar, keyinroq Dahbed (Samarqand) sayyidlaridan Mir Yorbek (1656- 1706) asos solgan sulola hukmronlik qildi...


O‘zME, T, 2000-2006, t.1. 2000, 736 b. – B. 572. (O‘zbekcha); Бадахшан.

Fikr qoldirish#


O‘qish tavsiya qilinadi
Zahiriddin Muhammad Bobur xorijlik tadqiqotchilar tadqiqotlarida

Zahiriddin Muhammad Bobur dunyoga mashhur yetuk shaxs, buyuk shoh va...


Maqolani baholang
0.0