Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Iskandarxon

(? - 1583.22.6, Buxoro) – Movarounnahr xoni (1561-83), shayboniylardan. Jonibek sultonning o‘g‘li. I.ning onasi Toshkent hokimi Sulton Mahmudxon (Boburning tog‘asi) ning qizi bo‘lgan. I. 15 yoshida Samarqand Sug‘diga qarashli Ofarinkent (Miyonkol) nohiyasida ho- kimlik qilgan, otasi vafot etgach (1529), Karmana hokimi bo‘lgan. 1561 y. I. o‘g‘li Abdulla sulton (q. Abdullaxon II) Buxoroni egallab amakisi Pirmuhammad (Balx hokimi) o‘rniga otasi I.ni butun o‘zbeklarning xoni (xonlar xoni) deb e’lon qilgan. I. yoshligida jangari, irodali kishi bo‘lgan esa-da, keyinroq taqvoga juda berilib ketgan. Shariat ahkomlariga to‘la rioya qilgan, lochin oviga mohir bo‘lgan, davlat ishlariga deyarli aralashmagan. I. taniqli tasavvuf olimi, Maxdumi A’zam Kosoniyning muridi va shogirdi edi. I.ni darveshlar podshohi (podshohi darvishon) deb ham atashgan.


Манба.: Ҳасанхожа Нисорий, Музаккири аҳбоб, Т., 1993; Ҳофиз Таниш ал-Бухорий, Абдулланома, 1-ж., Т., 1999. Ад.: Бартольд В.В., Сочинения, 2 т., 2 ч., М., 1964.

Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 12 томлик. –Т.: «Ўзбекистон миллий энциклопедияси» Давлат миллий нашриёти, Т, 2000-2006, т.4, 2002, 704 б. –Б.234. (Ўзбекча); Искандархан.

Fikr qoldirish#

Izohlar:
2
Shaxrizoda Nurmaxmatova • 3 ой аввал

Maqola aniq va to'liq yozilgan, yangu bilim olish uchun juda foydali

Shaxrizoda Nurmaxmatova • 3 ой аввал

Bilmagan ma'lumotlarimni bilib oldim, rahmat


O‘qish tavsiya qilinadi
Zahiriddin Muhammad Bobur xorijlik tadqiqotchilar tadqiqotlarida

Zahiriddin Muhammad Bobur dunyoga mashhur yetuk shaxs, buyuk shoh va...


Maqolani baholang
0.0