Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Girift

Girift, bidratma, dirillama, rez – dutor, tanbur, chang singari torli sozlarda ishlatiladigan ijro usuli, musiqa bezaklaridan biri. Barmoq (yoki bilak)larning uzluksiz, tez va bir tekisda almashinib kelayotgan harakatlari orqali bajariladi. G. kuchi bir xil bo‘lgan zarblardan iborat bo‘lib, kuylarga o‘ziga xos noziklik va mayinlik bag‘ishlaydi. «Boburnoma»da G.ni qonun sozining mashhur ijrochisi bastakor Xo‘ja Abdulloh Marvarid (16-a.) ixtiro etganligi ta’kidlanadi (yana q. Musiqa ijrochiligi, Melizmlar).


O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi,12 tomlik.–T.: "O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat milliy nashriyoti, T, 2000-2006. , t.3. 2002, 704 b. –B.30. (O‘zbekcha); Гирифт – один из приемов исполнения на национальных инструментах.

Fikr qoldirish#


O‘qish tavsiya qilinadi
Zahiriddin Muhammad Bobur xorijlik tadqiqotchilar tadqiqotlarida

Zahiriddin Muhammad Bobur dunyoga mashhur yetuk shaxs, buyuk shoh va...


Maqolani baholang
0.0